SamDU Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibida tashkil etilgan “Fanlararo Buyuk ipak yo'li ilmiy-tadqiqot markazi” ning navbatdagi uchinchi ilmiy amaliy seminari 2019 yil 1-aprel kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Paxtaobod MFY markazida joylashgan 37-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Fanlararo buyuk ipak yo‘li tadqiqot markazining navbatdagi ilmiy-amaliy seminariga Psixologiya va ijtiomiy fanlar fakulteti dots. Zokir Quvondiqov raislik qildi. Ilmiy-amaliy seminar mavzusi “Xitoy madaniyati va ta’lim tizimi”ga bag‘ishlandi. Ilmiy-amaliy seminarda milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari yo'nalishi 3-bosqich talabasi Oybek Shavqiyev, Ijtimoiy ish yo'nalishi talabasi Shaxzod Karimov, 37-umumta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari U.Mardonov hamda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, ilmiy-amaliy seminarda umumta’lim maktabining ijtimoiy fanlar bo‘yicha o‘qituvchilari va maktab rahbariyati ishtirok etdi. Ma’ruzalar taqdimot shaklida amalga oshirildi va o‘quvchilar tomonidan qizg‘in savol javoblar ruhida o‘tdi. “Fanlararo Buyuk ipak yo'li ilmiy-tadqiqot markazi” ning navbatdagi yig‘ilishi aprel oyining oxirida universitet binosidan o‘tkaziladi va uning mavzusi "Xitoy sanati va madaniy merosi"ga bag‘ishlanadi.