Geografiya va ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasida 2019-yil 22-may kuni “Halqaro biologik xilma-xillikni asrash kuni” ga bag‘ishlangan, “Zarafshon vodiysida biologik xilma-xillikni muhofaza qilish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Ekologiya kafedrasi professor o‘qituvchilar va Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari ma’ruzalar bilan qatnashdilar. Seminarda barqaror taraqqiyot uchun tabiatni muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni resurslarini saqlab qolish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.