Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo’g’ini sifatida

O’zR Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi “MAKTABGAChA TA’LIM TIZIMINI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA” PQ-3955-qaroridagi Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini sifatida yanada takomillashtirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish vazifalarini ijro etish borasida universitetimizda 2018-2019 o’quv yilidan boshlab faoliyat ko’rsatayotgan “Maktabgacha ta’lim” fakultetida bir qator rejali ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Fakultetning 1-kurs bakalavrlari olgan boshlang’ich nazariy bilimlarini 4-25 fevral kunlari 3 haftalik amaliyotda Samarqand shahridagi 6 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida amaliyot o’tab qaytishdi. Amaliyot natijalari taqdimotlari o’tkazildi. Universitetda viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan amaliy hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Olib borilayotgan ishlarning ijobiy samarasi sifatida fakultetda Maktabgacha Ta’lim Vazirligining “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, 2019-yil 13-fevralda qabul qilingan “Sog’lamlashtirish” konsepsiyalariga alohida e’tiborni qaratib fakultet dekani professor B.Haydarov jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan muntazam shug’ullanish bolalar va ularning tarbiyachilari faoliyatida asosiy omil ekanligini alohida uqtirmoqda.