2019-yilning 25-may kuni anjuman ishtirokchilari Samarqanddagi ziyoratgohlarda sayyor yig‘ilishlari (Mahdumi A’zam majmuasi, Imom Buxoriy majmuasi, Imom Buxoriy nomli xalqaro ilmiy–tadqiqot markazi) bo‘lib o‘tdi.

  Unda Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mexmet Sureyya Er va TICA (Turkiya hamkorlik agentligi)ning O‘zbekistondagi bosh vakili Ali Ixsan Chag‘lar so‘zga chiqishdi. Shundan so‘ng anjuman ishtirokchilari Samarqand shahridagi tarixiy obidalarda sayyor yig‘ilishlari (Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Shohi-Zinda majmuasi, Ulug‘bek observatoriyasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi) davom etkazildi. 26-may kuni konferensiya o‘z ishini yakunladi.