Shu yilning 19 mart kuni Isroil Davlatining O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Eduarda Shapiro Samarqandga tashrif buyurdi. Xorijlik martabali mehmon Samarqand Temiryul vokzalida universitet rektori, professor Rustam Ibragimovich Xalmurodov va boshqa rahbarlar tomonidan hurmat va ehtirom bilan kutib olindi.

  Isroil elchisi hamda unga hamrohlik qilgan matbuot kotibi Vladimir Lopatchenko SamDUning Konfusiy maydoniga tashrif buyurib, xiyobonni ko’zdan kechirishdi. Shundan so’ng, Universitet rektori va elchi janoblari o’rtasida bo’lib o’tgan qisqa muddatli suhbat chog’ida ikki tomonlama foydali va manfaatli, oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga oid kelishuvga erishildi.

  Universitet Bosh binosida tashkil etilgan “Isroilni jaxonga tanitgan innavasion kashfiyotlar va tadqiqotlari” nomli ko’rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tuplanganlar mazkur ko’rgazmani tomosha qilishdi.

  Tashkil etilgan tadbirda universitet professor-olimlari, fakultetlar dekanlari hamda kafedralar mudirlari ishtirok etdi. Unda so’z olgan Isroilning O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Eduarda Shapiro o’z Vatanida barcha sohalarda erishilgan muvafaqqiyatlar, fan va ta’lim sohasidagi islohatlar samarasi, Isroilning eksport salohiyati xususida ma’lumot berdi.

Marosim so’ngida elchi janoblariga Samarqand Davlat universitetining esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

  Oliy ta’lim sohasida hamkorlikni tashkil etish, o’zaro tajriba almashish, foydali tashriflarni yo’lga qo’yish borasida qimmatli fikr-mulohazalar o’rtaga tashlandi.

SamDU matbuot xizmati