“Quvnoqlar va zukkolar” bellashuvi ingliz tilida

Samarqand Davlat universitetida “Ingliz tilida so‘zlashuv kuni”ga bag‘ishlab “Dunyo bo‘ylab sayohat” mavzusida quvnoqlar va zukkolar bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Rus filologiyasi, iqtisodiyot va biznes hamda filologiya fakultetida tahsil olayotgan 2-bosqich iqtidorli talabalar jamoalarining chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Talabalar dunyo mamlakatlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni ingliz tilida aniq va tushunarli qilib yetkazdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, rus filologiyasi fakulteti jamoasi birinchi, filologiya fakulteti ikkinchi, iqtisodiyot va biznes fakulteti jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar universitet ma’muriyati tomonidan tayyorlangan diplom, sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.