Samarqand davlat universiteti magistranti o'zining xususiy maktabgacha ta'lim muassasi faoliyatini yo'lga qo'ygan

Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti magistranti Feruzabonu Umarova dotsent Dilnoza Begmatova ilmiy rahbarligida “Tarbiyachilarning kasbiy madaniyatini shakllantirishda innovasion pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Feruzabonu Umarovaning 10 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublika jurnallarida chop etilgan. “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy madaniyatini shakllantirishda pedagogik uslublar”, “Inson kapitalining shakllanishida uzluksiz ta’limni rivojlanishtirish muammolari”, “Qadriyatlar millat ma’naviyatining ko‘zgusi”, “Tarbiyada ota-onaning tutgan o‘rni”, “Oilada yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashda xalq og‘zaki ijodining o‘rni” mavzularidagi maqolalari Academicia: An international Multidisciplinary Reaserch Journal, International journal of integrated education, Scientific progress, “Fan ta’lim va amaliyot integrasiyasi” kabi jurnallarda chop etilgan. U Mahalla va oila ilmiy tadqiqot instituti, Oila va ta’lim muassasasi hamkorligida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvi mavzusidagi ilmiy grant a’zosi.
Feruzabonu Umarova 2019-yildan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Javohirjon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.

