Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 4-kurs talabasi Otabek Abdurasulov. Respublika fan olimpiadasida qatnashib o‘simliklarni himoya qilish fani bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

   Otabek Abdurasulovning 20 ga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro va Respublika jurnal va to‘plamlarida chop etilgan. Ilmiy rahbari agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi katta o‘qituvchisi Salohiddin Ahmedov. Otabek bir paytning o‘zida Samarqand davlat universiteti va Sankt-Peterburg davlat agrar universitetining o‘simliklarni himoya qilish mutaxassisligi bo‘yicha magisturaturaga hujjat topshirgan.

   -Agrobiotexnologiya sohasiga so‘nggi 5 yilda juda katta etibor qaratildi, zamonaviy labaratoriyalar tashkil topdi,- deydi Otabek Abdurasulov. -Samarqand davlat universitetida agrobiotexnologiyalar yo‘nalishida xalqaro tajribalarni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Keyingi yillarda SamDUda mazkur mavzugaga bag‘ishlangan o‘nlab xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Universitetimizga ushbu sohaning ko‘plab taniqli soha mutaxassislari tashrif buyurmoqda.

Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar