Ko‘zi zaif ko‘ruvchi abituriyentlar uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi

2021-yil 8-avgust kuni Samarqand davlat universitetida ko‘zi zaif ko‘ruvchi abiturientlar uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Unda o‘n to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha qirq ikkita abuturiyent qatnashib, imtihon 2 bosqichda olib o‘tkazildi.
Birinchi bosqichda abituriyentlar ikkita mutaxassis fanlari yuzasidan bilet asosida yozma, og‘zaki savollarga javob berdi. Ikkinchi bosqichda uchta majburiy fanlar: O‘zbekiston tarixi, chet tili, ona tili va adabiyotdan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Bundan tashqari abiturientlarning brayl yozuvini qay darajada bilishlari hamda ularning guruh nogironligi bo‘yicha hujjatlari tekshirilib, imtihonga kiritildi.
-Imtihon ochiq havoda, shaffoflik asosida o‘tkazildi, abituriyentlarga berilayotgan savollar darajasi oldingi yillarga qaraganda osonlashtirilgan, nazoratchilar adolat yuzasidan baholashmoqda, - deydi Samarqand shahar 60-zaif ko‘ruvchilar maktab internati o‘qituvchisi Rustambek Narziyev. – Imtihonda ovozli video kuzatuv kameralaridan foydalanilmoqda. Abituriyentlar savollarga javob berishgandan so‘ng, shu paytning o‘zida oliy ta’lim muassasiga kirgan yoki kirmaganligi aniq bo‘lmoqda.
-Jamiyatda har bir insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bor, tengqurlarim qatori men ham o‘z oldimga ulkan maqsadlarni qo‘yganman,-deydi abituriyent Qunduz O‘sarova. -Bugungi kungacha davlatimiz ko‘zi zaif ko‘ruvchilar uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan. Men mana shu imtiyozlardan unumli foydalanib jamiyatga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Respublika fan olimpiadasida qatnashib, ona tili va adabiyot fani bo‘yicha g‘olib, deb topildim. Men universitet talabasi bo‘lishimga ishonaman.
Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar