Samarqand Davlat universiteti xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti hamda Geografiya va ekologiya fakulteti hamkorligida «Kiyinish madaniyati kishining «tashrif qog’ozi»dir mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirda shoira Xosiyat Bobomurodova, O’zbekiston musulmonlar idorasi viloyat imom xatibining bosh maslahatchisi Nozimaxon Temirova, Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi dosenti Ra’no Toshquvvatova, xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti raisi dosent Tuxliyeva Sharofat Bektashevna islomda oila, sharq falsafiy tafakkurida kiyinish madaniyati, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kiyinishi va odob-axloq qoidalari, oilaning jamiyatda tutgan o’rni va sog’lom avlod tarbiyasi xususidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar.

SamDU matbuot xizmati