O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendianti Rabbimov Ilyos Buyuk Britaniyaning Xertfordshir Universitetiga (University of Hertforshire) 2019 yil 8 noyabrdan - 2020 yil 21 fevralgacha stajirovka o’tash maqsadida jo’nab ketdi. Hozirgi kunda yosh tadqiqotchi ilmiy tadqiqot mavzusi bo’yicha shu sohaning yetakchi mutaxassislardan bo’lgan doktor Iosif Mporas rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bilan bir qatorda ilm-fandagi dunyo tajribasi yutuqlarini ham o’rganmoqda. Biz yosh tadqiqotchimizga kelgusidagi ilmiy faoliyatida omadlar tilab qolamiz!!!

Xalqaro hamkorlik bo'limi