Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida “Ayol va qizlarni kasbiy va oliy ma’lumot olishga jalb qilishni rag‘batlantirish” hamda “Xotin qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

  Tadbirda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari S. Zoxidova “Oila ma’naviyat o‘chog‘i”, Fuqarolik jamiyati va Milliy g‘oya kafedrasi dotsenti M. Muqimova “Ayol va qizlarni kasbiy va oliy ma’lumot olishga jalb qilishni rag‘batlantirish”, Universitet Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh. To‘xliyeva “To‘ylar haqida o‘ylar” mavzusida ma’ruza qildi.

  Talabalar to‘ydan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish va nikohni qayd etishning afzalliklari haqida ma’lumotga ega bo‘ldi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.