Shu yilning 9-oktyabr kuni Turkiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er va hamrohlari Samarqand Davlat universitetida ehtirom bilan kutib olindi.

Turkiyalik mehmonlar SamDUning Xalqaro ta’lim Dasturlari fakultetida turk qardoshlarimiz hamkorligida tashkil etilajak o’quv markazidagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro ta’lim dasturlari markazida talaba-yoshlar turkologiya, farmasevtika, kompyuter-lingafon yo’nalishlarida tahsil olishi mo’ljallanmoqda. Kadrlar tayyorlashda albatta, turkiyalik tajribali mutaxassislar bilan hamkorlik qilishi mo’ljallanmoqda. Talabalar 2 yillik ta’limdan so’ng o’qishni Turkiyadagi oliy o’quv dargohlarida davom ettirishadi.

  Turkiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi, janob Mehmet Sureyya Er hamda SamDU rektori Rustam Xalmuradov bu borada o’zaro maslahatlashib, ikki tomonlama Qo’shma Dasturlar qabul qilinishi xususida qat’iy to’xtamga kelishishdi.

SamDU matbuot xizmati