Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetida “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommoviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha” talaba yoshlar o‘rtasida sportning “Qo‘l tupi”, “Voleybol” turlaridan fakultet birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqalarga Jismoniy madaniyat fakultetining barcha talaba yoshlari munosib ishtirok etishmoqdalar. Universitet hamda fakultet jamoasi rahbarligida sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan va g‘olib jamoalarni ko‘tarinki ruhda taqdirlash maqsadida qimmatbaho sovg‘alar tashkil etilgan.