14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirlari dayjesti

Samarqand davlat universiteti Markaziy harbiy okrug hamkorligida, Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan mazkur sana doirasida ko'plab tadbirlar o'tkazdi.
"Mardlar qo'riqlaydi Vatanni"
Xalqaro ta'lim dasturlari fakulteti yetakchisi D.Isomitdinov Agrobiotexnologiyalar fakulteti faol talabalari bilan birgalikda 2-jahon urush faxriysi Kolmagarov Mixailni ko'rgani bordi. M.Kolmagarov yoshlar bilan ochiq suhbat olib bordi. O'zining yoshlik davri, urush voqealari haqida qiziq ma'lumotlarni aytib, yosh avlod vakillariga vatanparvarlik insonni yuksaltirishini ta'kidladi.

Tarix fakultetida 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
Tadbirda talaba yigit-qizlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, Vatanga boʻlgan sadoqat, mardlik, jasorat aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Yakunda faol talabalar ragʻbatlantirildilar.

«Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni» shiori ostidagi tadbir Geografiya va Ekologiya fakultetida ham qizg'in davom etdi
Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi munosabati bilan "Kim yurtiga sodiq tursa Mendirman o'sha" deb nomlangan tadbir yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi.

Bayram pedagogika fakultetida ham ko'tarinki kayfiyatda davom etdi
Tadbirda ishtirok etgan talaba sifatida: "Yoshlarda vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirlar, biz kabi yosh avlod uchun Vatanga muhabbat tuyg'usini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda"- deydi Yoshlar faoli Abdulvahob Maxammatov.

Otabek Sagdullayev — Samarqand davlat universiteti talabasi

