Samarqand davlat universitetining magistratura bosqichi uchun kirish imtihonlari davom etmoqda...

Bugun, 18-avgust kuni ham Samarqand davlat universitetining magistratura bosqichiga kirish imtihonlari davom etmoqda.
Imtihonlar 25 guruh uchun 4 smenada, karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha), arxeologiya, etnogenez (o‘zbek xalqining etnik tarixi), geografiya (o‘rganish ob’ekti bo‘yicha), ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), advokatlik faoliyati kabi mutaxassisliklar uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, imtihonlar 20-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.






Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar

