Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlar qatorida, Tarix fakultetida Yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Yoshlar yetakchisi Allayor Norboyev nutq so'zlab, yoshlarni bayram bilan muborakbod etdi.

— Albatta, biz yoshlar Vatanimizning ertasimiz. Shu sababdan, har bir ishimizga, o'qishimizga ma'suliyat bilan yondashsak, o'ylaymanki, bizdan kuchli kadrlar yetishib chiqadi, - deya ta’kidladi Yoshlar yetakchisi.

Tadbir soʼngida, yil davomida faol bo'lgan, shuningdek ilmga chanqoq talabalar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Otabek Sagdullayev — Samarqand davlat universiteti talabasi