G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

Rus filologiyasi fakultetida o‘tgan o‘quv yilida universitetda o‘tkazilgan spartakiada musobaqalarida faol ishtirok etgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Basketbol musobaqalarida 1-o‘rinni egallagan o‘g‘il bolalar jamoasi, voleybol va qo‘l to‘pi musobaqalarida ikkinchi o‘rinni egallagan qizlar jamoasi vakillariga faxriy yorliq va medallar topshirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan fakultet dekani Albina Abdullayeva birinchi bosqich talabalarini yuqori bosqichda tahsil olayotgan aka-opalaridan o‘rnak olishga, universitet hayotidagi turli tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.


