“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida”gi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 noyabrdagi 575-sonli buyrug‘i hamda Samarqand davlat universiteti rektorining 454-IJ bo‘yrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat universitetida “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha” 2021-yil davomida musobaqalarni o‘tkazish kalendar rejasining 2-bandida belgilangan 14-yanvar “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlab fakultetlararo talabalar o‘rtasida “Tosh ko‘tarish, arqon tortish” bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqalarga Universitet fakultetlarining barcha talaba yoshlari munosib ishtirok etishmoqdalar. Universitet hamda jamoasi rahbarligida sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan va g‘olib jamoalarni ko‘tarinki ruhda taqdirlash maqsadida qimmatbaho sovg‘alar tashkil etilgan.