2021 yil 14 yanvar kuni Samarqand Davlat universiteti Biologiya fakulteti faollar zalida Geografiya va ekologiya fakulteti talabalari ishtirokida O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan hamoyachilari kuniga bag‘ishlab “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Markaziy harbiy okrug apparati boshqarmasi podpolkovnigi U.B.Sultonov, mayor J.B.Qodirov ishtirok etdi.
Bayram tadbirida fakultetning 1-bosqich o‘g‘il bolalari ishtirokida 4 ta shart – galstuk bog‘lash, tosh ko‘tarish, oshpazlik (Karvin – mevalardan fantaziya yaratish) va erkin mavzuda bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi. Fakultetning “O‘zbekona” nomli quvnoqlar va zukkolar guruhi va yosh havaskorlarining badiiy chiqishlari namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida bellashularda faol qatnashgan talabalar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.