8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni munosabati bilan SamDUda tantanali marosim bo’lib o’tdi.

Tadbirni Universitet rektori Rustam Ibragimovich Xalmuradov ochar ekan Bosh qomusimizning ahamiyati mamlakatimiz fuqarolarining tinch va osuda yashashi, mehnat qilishi, o’qishi, dam olishi qonunlar asosida kafolatlanganligini ta'kidlab o’tdi.

To’planganlarni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 27-yilligi bilan muborakbod etdi.

  Tantanali tadbirda universitet professor-o’qituvchilari, ishchi xizmatchilaridan 100 nafar kishi bayram sovg’alari bilan taqdirlandi.

  SamDU “Guldasta” ansambli a’zolari ijrosidagi simfonik musiqa, milliy taronalar, dilbar qo’shiqlar tadbirning badiiy qismini boshlab berdi.

Ayniqsa, jonli ijroda yangragan universitet san’atshunoslik fakulteti talabalari ishtirokidagi lirik qo’shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, xorijiy tillarda ijrolar yangradi.

SamDU Matbuot xizmati