18-yanvar kuni Samarqand davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A. Q. Aymatov Yoshlar Ittifoqi matbuot yetakchilari va faol blogerlar bilan uchrashdi.

Universitetimiz prorektori ushbu yosh matbuotchilar bilan suhbatda bo'lib, ijtimoiy tarmoqlardagi faolliklarini qo'llab-quvvatlashini, har bir ma'lumotga ma'suliyat bilan yondashish kerakligini ta'kidladi.

Shu o'rinda ularning bugungi kunga qadar olib borgan faoliyati yaxshi baholanib, munosib taqdirlandilar.

Ma'lumot uchun, ushbu yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda faol foydalanuvchilardan bo'lib "SamDU jamoasi" va boshqa bir qator fakultet tarmoqlarini yurituvchi talabalardir.

Otabek Sagdullayev — Samarqand davlat universiteti talabasi