Davra suhbati

Joriy yilning 19 - yanvar kuni “Yuksalish” umummilliy harakati Samarqand viloyat bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti Kengashi a’zolari bilan davra suhbati tashkil etildi. SamDUning eng faol va tashabbuskor yoshlari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida Prezidentimizning Parlamentga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, jumladan, yoshlar siyosatini amalga oshirishga oid asosiy masalalar bo‘yicha so‘z bordi.
Harakatning jamoatchilik.uz portalida 2021 - yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi loyihasi muhokama uchun joylanganligi va barcha birdek platformaga kirib loyiha muhokamasida qatnashishi mumkin ekanligi tushuntirildi.
Shuningdek, 2020 - yil dekabrdagi Yoshlar forumida Prezident tomonidan ko‘tarilgan tashabbuslar, joylardan bildirilgan takliflar, jumladan, samarqandlik yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar bo‘yicha fikrlar almashildi.

Otabek Sagdullayev — Samarqand davlat universiteti talabasi

