Samarqand davlat universiteti Talabalar turar joylarida bo'lib o'tgan intellektual o'yinlar dayjesti

Kecha 18-yanvar kuni Samarqand davlat universiteti 5-sonli Talabalar turar joyida (TTJ) istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o’rtasida Zakovat intellektual o’yinlari bo'lib o'tdi.
O'yin qizg'in ruhda olib borildi. Taqdim etilgan bir-biridan qiziqarli savollar talabalarni mantiqiy kuchli fikrlashga undadi.
O'yinlarni tashkil etishda Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich kengashi a'zolari jonbozlik ko'rsatdi.
18-yanvar, 6-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talaba-yigitlar o'rtasida "shaxmat" va "shashka" o'yinlari bo'lib o'tdi

15-yanvar kuni Filologiya fakulteti Yoshlar Ittifoqi kengashi faoli Gulnora Tuxtayeva tashabbusi bilan 5-sonli Talabalar Turar Joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o’rtasida Zakovat intellektual o’yinlari bo'lib o'tdi.
Tadbir so’ngida bilimdon talaba-qizlar Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
Otabek Sagdullayev — Samarqand davlat universiteti talabasi

