Bu haqda universitetimiz rektori, professor, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi

   Vasila Aliboyeva Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi para-dzyudo bo‘yicha ikki karra Osiyo chempioni, Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi (Indoneziya), para-dzyudo chempionati sovrindori (Portugaliya), Gran-pri turniri sovrindori (Ozarbayjon).

   Vasila Aliboyeva “Tokio – 2020” Paralimpiya o‘yinlarida para-dyuzdo bo‘yicha ishtirok etadi.

  Parvina Samandarova Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi. 2017-yildan para-dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Jahon kubogi (O‘zbekiston), Osiyo va Okeaniya chempionati (Qozog‘iston), Toshkent IBSA Judo Gran-pri musobaqalarida 1-o‘rin (O‘zbekiston). III Paraosiyo o‘yinlarida (Indoneziya), Jahon chempionati (Portugaliya), IBSA Judo Gran-pri turnirlarida (Ozarbayjon) bronza medali, IBSA Judo Gran-pri musobaqasida (Ozarbayjon) 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

   Parvina Samandarova “Tokio – 2020” Paralimpiya o‘yinlarida para-dyuzdo bo‘yicha ishtirok etadi.

BIZ SIZLAR BILAN FAXRLANAMIZ!!!

Samarqand davlat universitetining 30 000 kishilik jamoasi

VASILA ALIBOYEVA, PARVINA SAMANDAROVAni

qo‘llab-quvvatlaydi, omad tilaydi.

Siz olimpiada oltin medallariga munosibsiz!!!