Samarqand davlat universitetining magistratura bosiqichida o’qish istagida jami 40 mutaxassislik uchun 2167 nafar abituriyentdan ariza kelib tushgan. Kirish imtihonlari 17-20 avgust kunlari bo’lib o’tdi. Imtihon 92 guruhga bo‘linib, 4 smenada, karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda davom etdi. Bugun 20-avgust mutaxxasislik fanidan test sinovlari yakunlandi.

   Imtihon shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida imtihon.edu.uz sayti orqali jonli efirda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. Imtihon natijalaridan norozi bo’lganlar uchun appelyatsiyaga berish va uni bir kun ichida ko’rib chiqish imkoniyatlari yaratilgan.

   - Har bir insonning yoshlikdan o’z oldiga qoygan maqsadlari bo’ladi, men ham o’qishga kirib fizika sohasining yetuk mutaxassisi bo’lishni orzu qilganman, - deydi abituriyent Sardor Umarov. - Bir qadam qoldi, imtihon natijamdan mamnunman, savollar qiyinchilik tug’dirmadi. To’rt yil olgan bilimlarim bugun o’z natijasini ko’rsatdi. Men, albatta, magistrant bo’laman.

   - Hozirgacha menda hayajon juda kuchli edi, imtihon qanday o’tadi, natijalarim qanday chiqadi? degan savollar menga halovat bermasdi, - deydi abituriyent Oybek Mamatqulov. – Imtihon jarayonlari men o’ylagandan ham shaffof tarzda o’tdi. Ikkinchi bosqich chet tili fanlariga ham tayyorman. Kam vaqt qoldi, magistrant bo’lishimga ishonch ortib bormoqda.

Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.