Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida mutaxassislik fanidan test sinovlari boshlandi

Bu fakultetga 8 yo‘nalish bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan abituriyentlardan 1462 ariza kelib tushgan. Imtihon 2 bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda abituriyentlar xorijdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tuzilgan testlar orqali o‘zlarining bilimlarini sinab ko‘rishadi. Bunda mutaxxasislik fanlardan umumiy natijalarning 30 foiz miqdoridagi ballini jamlasagina 2-bosqichga o‘tish uchun yo‘llanma qo‘lga kiritiladi.
Ikkinchi bosqichda qo‘shma ta’lim o‘qitish tili bo‘yicha DTM tomonidan test sinovlari 28 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bunda o‘qitish tili bo‘yicha umumiy ballning 30 foiz miqdorini egallashlari kerak bo‘ladi. Ikkita bosqich natijalari qo‘shilib eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan 225 abituriyent o‘qishga qabul qilinadi.
Imtihon karantin qoidalariga rioya etgan holda ochiq havoda tashkil etilgan. Imtihonni shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida imtihon.edu.uz sayti orqali jonli efirda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.


- Bu yilgi abituriyentlarimiz farqli o‘laroq test sinovlariga jiddiy tayyorlanganligi ma’lum, chunki talabgorlarning aksariyat boshqa nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasiga imtihon topshirganliklari buning yaqqol dalilidir, - deydi xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani, dosent To‘lqin O‘rozov. - Abituriyentlar mutaxxasislik fanidan olgan natijalarni Samarqand davlat universiteti web sayti samdu.uz orqali 26 avgustga qadar bilib olishadi.





Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar

