Samarqand davlat universiteti “Start-Up” loyihalarini qo'llab quvvatlovchi inkubasiya markazi rezidentlaridan tashkil topgan, “LifePC” jamoasi MDH davlatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro World AI & DATA challenge tanlovida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
  Ushbu jamoa universitetimizning raqamli texnologiyalar fakulteti talabalari: Esanov Otabek, Mirjahon Qahhorov, Shoyim Obloqulovlardan tashkil topgan. Bu guruh audio va video ma’lumotlardagi matnni tanib olib, u asosida xulosa chiqaruvchi aqlli axborot tizimini ishlab chiqish muammosini hal qilish loyihasi bilan qatnashdi.
   5,5 million rubl sovrin jamg‘armasiga ega World AI & DATA challenge tanlovida, dunyo bo‘ylab, global ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni bartaraf etish yo‘llari izlanadi.
  "Mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish", "Yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olish maqsadida mashina o‘qitish yordamida arduino va smartfon orqali masofadan kuzatib borish tizimini ishlab chiqish", "Mamlakatdagi mehnat bozorini yaxshilash" kabi mavzudagi turli muammolarni hal qilish maqsadida 10 ga yaqin mamlakat jamolari qatnashdi.
  30 avgust kunida Xalqaro turnirning finalida Rossiyadan 1 va O‘zbekistondan 3 jamoa qatnashadigan bo‘ldi.

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar