Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichiga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihon bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichining 6 mutaxassisligi bo‘yicha 9 nafar ko‘zi ojiz abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, bugun ularning imtihonlari o‘tkazildi. Sinovlar yozma va og‘zaki shaklda bo‘ldi.
Abituriyentlar yozma nazoratda brayl yozuvining bilishi va mutaxxasilikka oid bilimlarining qisqacha bayonini ifodalagan bo‘lsa, og‘zaki imtihonda fanga doir ko‘nikmalarini savol-javob tarzida sinovdan o‘tkazishdi.
Imtihon karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda tashkil etildi. Uning shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida imtihon.edu.uz sayti orqali jonli efirda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. Imtihon natijalari shu paytning o‘zida e’lon qilindi 





Shuningdek, Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistratura bosqichiga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun ham imtihon bo‘lib o‘tdi. Unda 1 mutaxassislik bo‘yicha 2 nafar abituriyent o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.



Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

