Rossiya davlat gumanitar universiteti bilan hamkorlik doirasida rus filologiyasi fakulteti negizida “Rus tili va adabiyoti raqamlashtirish davrida: yangicha yondoshuvlar, uslublar va didaktik vositalar” mavzusida “Xalqaro ilmiy - marifiy anjuman dasturi ” amalga oshirildi. Ilmiy – uslubiy yo’nalishda tadbirlar, shuningdek “Rus tilini o’qitish va o’rganishning hozirgi kundagi muammolari, imkoniyatlari va istiqbollari” Xalqaro ilmiy – uslubiy davra suhbatlari o’tkazish anjumanning asosiy vazifasidir. Fakultetning professor – o’qituvchilari tarkibi butun O’zbekiston rus tili o’qituvchilarini, shu jumladan Qoraqalpog’iston avtonom respublikasi rus tili o’qituvchilarini ushbu anjumanga jalb qilishga hissa qo’shdilar.

Loyiha davomida RDGU o’qituvchilari taqdim qilgan bir qator ma’ruzalar onlayn tartibda tinglandi. Proyektni amalga oshirishning keyingi qadami RDGU strategik loyixalar bo’limi boshlig’i Yu.V. Filippov va filologiya fanlari doktori IFIRDGUning nazariy va tarixiy she’riyat kafedrasi professori Yu.V. Domanskiylarning tashrifi bo’ldi.

Rus filologiyasi fakulteti o’qituvchi va talabalariga professor Yu.V. Domanskiyning “Rus rokining o’ziga xosligi” mavzusidagi ma’ruzasi taqdim qilindi. Ushbu ma’ruza tinglovchilarda samimiy qiziqish uyg’otdi.

Ma’ruza materiallari professorning ajoyib chiqishi kabi erkin muloqot muhitini yaratdi, bunda tinglovochilar va ma’ruzachi qizg’in suhbatdoshlarga aylanishdi.

Shundan so’ng mehmonlarning SamDU Xalqaro aloqalar bo’limi prorektori dosent M.P. Nasirov bilan rasmiy uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida ikki oliy o’quv yurti hamkorligining muhim jihatlari, shuningdek tez orada SamDU qoshida RDGU filialini ochish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida birgalikdagi hamkorlik loyixalari tashkil qilish istaklari bildirildi.

Dekan: dots. Abdullayeva A.S.