Аlisher Navoiy hazratlari aytadilar: Sen oʼzingga toʼgʼrilikni kasb etganingdan soʼng, charxning teskari aylangani bilan nima ishing bor... Baʼzan ijtimoiy tarmoqlarda asossiz, nooʼrin iddaolarga, pichinglarga, tuhmatu boʼxtonlarga koʼzing tushib qoladi. “SamDUning domlalari gʼimirlab qolgan emish”, “yoʼlini topishganmish” Xullas ming xil mish-mishlar. Nima qilasan gunohga botib. Oʼzing koʼzing bilan koʼrmagan, eshitmagan masalalar haqida yolgʼon maʼlumot tarqatib. Аxir qonunchiligimizda buning uchun javobgarlik belgilanganku. Ey tuhmatchi bilmasang bilib qoʼy. SamDUning birorta domlasi ijodiy imtihonlarda ishtirok etmaydi. Hammasi chetdan keladi. Bundan tashqari jamoatchilik, yoshlar vakillari, deputatlar, huquq tartibot idoralari masʼul xodimlaridan iborat maxsus guruh imtihonlarni boshidan oxirigacha kuzatib boradi. Imtihon jarayonlari toʼliq kuzatuv kameralari yordamida yozib olinadi... Bundan ortiq yana qanday nazorat kerak. Dono xalqimiz aytganiday “Oʼynab gapirsang ham, oʼylab gapir”. Endi ikki ogʼiz gap haybarakachilarga. Nima qilasizlar bilmagan, tushunmagan masala haqida fikr bildirib. Juda qiziqayotgan boʼlsangiz marhamat keling, ishtirok eting. Universitet eshiklari barcha uchun ochiq. Biz adolat tantanasi, halollik, shaffoflik yoʼlida hamkorlik qilishga tayyormiz. Xalqimiz bilib aytgan “Oʼt balosidan, suv balosidan, tuhmat balosidan asrasin”...