Toshkent shahrida 2020 yilning 9-13 oktabr kunlari tosh ko’tarish musobaqasi bo’yicha kattalar o’rtasida O’zbekiston chempionati bo`lib o`tdi. Musobaqada Jismoniy madaniyat fakultetining 3-bosqich talabasi Xojiyev Azimjon muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo’lga kiritdi.

Samarqand davlat univeriteti hamda Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi sovrindor talabamizni tabriklab, keyingi musobaqalarda ham unga omadlar tilaydi.