G’ALABALAR MUBORAK BO’LSIN!

2020 yilning 10-15 oktabr kunlari Andijon shahrida sportning slalomda eshkak eshish turi bo’yicha barcha yosh toifalarida O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi.
Ushbu nufuzli sport musobaqalarida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ham munosib qatnashib, sovrunli o’rinlarni qo’lga kiritdi.

Musobaqaning tezkor maxsus tushish bahslarida Jo’raqulov Ilhom, Qarshiyev Sunnatillo, Hakimov Rustam, Ismoilov Shuxrat, Tohirov Shohruxlar munosib ishtirok etib 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Musobaqaning tezkor tushish bahslarida esa Eshmurodov Ulug’bek 1-o’rinni, Hakimov Rustam 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Jismoniy madaniyat fakultet jamoasi g’olib bo’lgan talabalarimizni Samarqand davlat univeriteti ma’muriyati nomidan tabriklab, bundan kelgusidagi musobaqalarda omad tilaydi.

