Yosh olim Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi

Yosh olim, kimyo fanlari doktori Sergey Dmitrievich Aronbaev Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi va Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining akademigi diplom bilan birgalikda V.I.Vernadskiy nomidagi oltin medal bilan taqdirlandi. Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi prezidiumining qarori bilan S.D.Aronboev "Xizmat ko'rsatgan fan va texnika xodimi" faxriy unvoniga ham sazovor bo'ldi.

Avvalroq kimyo fakulteti xodimlari: professor S.D. Aronboyev, dotsentlar D.M. Aronboyev va E.A. Ro'ziev, doktorant G.Z.Narmaevalar "Ilmiy oltin fondi" milliy dasturi (Moskva, 2020 yil may-iyul) doirasida o'tkazilgan ilmiy va o'quv-uslubiy nashrlarning XLV yubiley xalqaro ko'rgazmasida M.V.Lomonosov nomidagi medal va diplom bilan taqdirlandilar.

Hamkasblarimizning bu taqdirlangan mukofotlar nafaqat ularning ilmiy-pedagogik faoliyatiga berilgan baho, balki Samarqand davlat universiteti imidjining xalqaro hamkorlik doirasidagi aloqalarining mustahkamlanishidir.

