ULUG‘ USTOZ YODI...
Samarqand davlat universiteti jamoasi, xususan yuqori va o‘rta bo‘g‘in professor - o‘qituvchilari og‘ir judolikka uchradi: tarix fanlari doktori, iste’dodli va taniqli qadimshunos olim, arxeologiya kafedrasi mudiri, tarix fakulteti dekani, universitet o‘quv ishlari prorektori va rektori lavozimlarida ishlagan, butun ongli hayoti va faoliyatini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan, umrining so‘nggi daqiqalarigacha Oqsoqollar kengashiga raislik qilgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor JO‘RAQULOV MAVLON JO‘RAQULOVICh shu yilning 3 dekabr kuni bu foniy dunyoni tark yetdi. Hammamizga otalik, og‘alik, maslahatgo‘ylik qilgan, hech kimdan, hech qachon maslahatini ayamagan, universitetda ta’lim-tarbiya va ilm rivoji bilan doimo qiziqqan va unga munosib hissa qo‘shgan ulug‘ bir inson edi Mavlon Jo‘raqulovich. Shaxsan o‘zim va jamoamiz nomidan aziz ustozimiz Mavlon Jo‘raqulovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga, bir-biridan zukko, bir-biridan shunqor, bobosidek mard va devqomat nabiralariga, muhtarama qizi, tarix fakulteti dekani, dotsent Dilfuza Jo‘raqulovaga chuqur hamdardlik izhor etamiz.
Samarqand davlat universiteti amaliy
tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish
metodikasi kafedrasi mudiri, professor
IBODULLA MIRZAYEV.

