Amerika Kengashlarining O'zbekistondagi mintaqaviy direktori janob Uilyam O'Roarkning va dasturlar menejeri Shaxnoza Suyarovalarning Samarqand davlat universitetiga tashrifi

Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlik bo'yicha loyiha menejeri – yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi assistenti Akmal Safarov mehmonlar bilan: janob Uilyam O'Roark (O'zbekistondagi Amerika Kengashlari rahbari) va Shaxnoza Suyarova xonim (dasturlar menejeri)
2020 yil 26 oktyabrda Amerika Kengashlari vakolatxonasi rahbari janob Uilyam O'Roark va dasturlar rahbari Shaxnoza Suyarova SamDUga tashrif buyurishdi. Mehmonlar UNICEN loyihasi bo’yicha SamDU va Massachusets Texnologiya Instituti (MTI) o'rtasidagi hamkorlik jarayoni bilan tanishdilar. Loyiha rahbari, yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi assistenti Akmal Safarov mehmonlarga professor va MTI hamkasblari bilan 25 sentyabr 2020 yil videokonferentsiyalar o'tkazilganligini, ular doirasida loyihani amalga oshirish rejalari muhokama qilinganligini aytdi. SamDU yadro fizikasi laboratoriyasi ushbu bosqichda uskunalar partiyasini – ya’ni zamonaviy Geiger-Myuller hisoblagichlarini, shuningdek uskunalarni yig'ish va ulardan foydalanish bo'yicha hujjatlarni oldi. Loyiha menejeri Akmal Safarov uchun MTI-da elektron e-mail yaratildi, video va axborot resurslariga kirish ta'minlandi. Bundan buyon SamDU talabalari dunyoning etakchi universiteti - MTIda o'tkazilgan onlayn video ma'ruzalar va laboratoriya mashg'ulotlari bilan tanishishlari mumkin. Kelgusida olingan asbob-uskunalardan foydalangan holda laboratoriya ishlarini yaratish, talabalar tomonidan to'plangan turli xil namunalarni neytron aktivatsion tahlil qilish bo'yicha birgalikdagi ishlarni rivojlantirish, shuningdek, yadro reaktorlarni modellashtirish bo'yicha OpenMOC dasturini o'rganish rejalashtirilgan.
Hozirgi UNICEN dasturidagi hamkorliklar haqida ma'lumotni ushbu saytda topishingiz mumkin: https://unicen.americancouncils.org/current-partne...

