Tabriklaymiz!

2020 yilning 1 noyabr sanasida Samarqand shahrida Samarqand viloyati hokimligi va Samarqand viloyati Jismoniy tarbiya sport boshqarmasi hamda Samarqand Yengil atletika federatsiyasi rahnomoligida tashkil etilgan Respublika yarim marofoni bo’lib o’tdi. Ushbu bellashuvda Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Toshquvatov Otabek ham na’munali qatnashib 3 o'rinni egallab, 8 million so’m yutuqni qo'lga kiritdi.
Shu munosabat bilan ushbu talabamizga Samaraqand Davlat universiteti hamda Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi bundan ham yuqori o’rinlarni qo’lga kiritishida omadlar tilaydi.

