2020-yil 6-dekabr kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tgan 2-Xalqaro marafon sport musobaqasida Jismoniy madaniyat fakultetining 3-bosqich talabasi Toshquvvatov Otabek ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Otabek 21 km masofani 1 soat, olti daqiqa, yigirma uch soniyada (01:06:23) bosib o’tib, homiylar tomonidan ajratilgan 10 milion so’m pul mukofotiga ega bo’ldi. Bundan tashqari, O. Toshquvvatov musobaqa yakunida sportning yengil atletika turi bo’yicha sport ustasi unvoni bilan ham taqdirlandi.
Nufuzli musobaqa g’olibini Samarqand davlat univeriteti jamoasi nomidan tabriklab, kelgusida bundan ham yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz.