"SamDU" jamoasi futzal bo‘yicha Samarqand viloyat hokimi kubogi sohibi

2020 yil noyabr-dekabr oylari Samarqand shahar bolalar va o‘smirlar futbol maktabida futzal bo‘yicha xavaskor jamoalar o‘rtasida Samarqand viloyati “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Havaskorlar o‘rtasidagi ushbu turnirda 9 ta jamoa ishtirok etishdi. Finalda Samarqand shahrining ikki jamosi "Dinamo" hamda "SamDU" jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishdi. Final bahsining asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida universitetning “SamDU” jamoasi 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozonib, Samarqand viloyat hokimi kubogi sohibi bo‘ldi.


