Tadbirni fakultet dekani A.Pardayev ochib berdi. Buyuk shoh va shoir, sarkarda Z.M.Bobur hayot yoʻli u qoldirgan adabiy meros va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida soʻz yurutdi. Soʻzga chiqqan Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi dotsenti I.Sulaymonov, Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti A.Nosirovlar oʻz nutqlarida buyuk mutafakkir haqida yanada kengroq ma’lumotlar berib oʻtdi. Talabalar tomonidan aytilgan ruboiy va gʻazallar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Filologiya fakulteti talabasi Otabek Sagdullayev