SamDU Inkubatsiya markazida axborot xafvsizligi va GitHub platformasidan foydalanish bo'yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 9-fevral kuni SamDU Inkubatsiya markazida axborot xavfsizligini ta'minlash ba GitHub platformasidan foydalanish bo'yicha seminar o'tkazildi. Seminar markaz rahbari Fayzullo Nazarovning buyuk mutafakkir bobomiz hazrat Mir Alisher Navoiyning 580-yillik yubileyini yod etgan holatda boshlandi. Shundan so'ng seminar markaz a'zolarining taqdimotlari bilan davom ettirildi. Dastlab Asliddin Sayidqulov GitHub platformasidan foydalanish va bu ijtimoiy tarmoqning afzalliklari, qulayliklari va imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Shuningdek tizimdan foydalanish bo'yicha ishtirokchilarni yo'riqnoma bilan tanishtirdi. Taqdimot yakunida markazning GitHub platformasidan rasmiy sahifasini ochish bo'yicha takliflar berildi.

Seminar davomida markazning yana bir faol a'zosi Otabek Esonovning axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha taqdimoti ko'rsatildi. Taqdimotda axborot xavfsizligining hayotimizda qanchalik ahamiyatli ekanligini va yurtimizda tashkil qilingan CTF turnini haqida ishtirokchilarga ma'lumot berdi. Taqdimot yakunida fikr va mulohazlar, savollar tinglanib joriy yilning mart oyida axborot xavfsizligi bo'yicha universitetimizda keng miqyosda tanlov va olimpiada tashkil qilinishi belgilandi.

Seminar yakunida tinglovchilarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglanib, markaz rahbari tomonidan qisqa muddatli aniq rejalar bajarilishi belgilab olindi. Shuningdek markaz faoliyatini kengaytirish bo'yicha aniq ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Inkubatsiya markazi matbuot xizmati.