Samarqand davlat universiteti va Isroilning Xolon texnologiya instituti rahbariyatlari o'rtasida yana bir suhbat uchrashuvi ZOOM platformasi orqali bo'lib o'tdi.

  Isroil Tashqi ishlar vazirligi ushbu uchrashuvni tashkil etishda faol ishtirok etdi va Isroilning O'zbekistondagi elchisi Zaxavit Ben Xilel xonim, uchrashuv vaqtida Samarqand davlat universitetiga rasmiy tashrif bilan kelgan. O'zbekiston tomonidan, uchrashuvda SamDU rektori professor Rustam Xalmurodov va SamDU prorektori doktor Muxtor Nasirov ishtirok etdilar. Xolon Texnologiya Instituti tomonidan esa, uchrashuvda Prezident professor Eduard Yoqubov, vitse-prezident doktor Rafael Barkan va Prezidentning yordamchisi Toni Levi xonim qatnashdilar.

  - Hurmatli professor Rustam Ibragimovich Xalmurodov, hurmatli doktor Muxtor G'affarovich Nasirov, bizning ta'lim muassasalarimiz o'rtasidagi samarali hamkorlikning ishtirokchisi bo'lish biz uchun katta sharafdir, - ta'kidladi Xolon texnologiya instituti prezidenti, professor Eduard Yoqubov. - Ushbu hamkorlikka A.Y.Y.T. (Xolon Texnologiyalarini tatbiq etish texnologiyalari institutining sho'ba korxonasi) va Isroilning Agrinoze Ltd startap korxonasi qatnashgan paytidan, bizning aloqalarimizda yangi sahifani ochmoqdamiz, va bu bilan O'zbekiston va Isroil qishloq xo'jaligi va iqtisodiyotlariga haqiqiy foyda keltirishimiz mumkin. Ishonchim komilki, biz birgalikda akademik dasturlarni ishlab chiqaolamiz, ilmiy va ishlab chiqarish doiralari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlaolamiz, shuningdek, tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni davom ettiramiz. 2021 yil yaqinlashish vaqtida, ushbu imkoniyatdan foydalanib, sizni va yaqinlaringizni Yangi Yil bilan tabriklayman! Hammangizlarda sihat-salomatlik va bag'rikenglik, muhabbat va tinchlik tantana qilsin. ”

  Zehavit Ben-Xillel xonim - Isroilning O'zbekistondagi elchisi ta'kidladi: «Sizlarni muassasalaringiz o'rtasidagi bunday do'stona va muhim hamkorlik bilan tabriklayman. Biz ushbu samarali hamkorlikning rivojlanishini ta'minlash uchun uchrashuvga kelganmiz.”

  Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xalmurodov ta'kidladi: «Men, hamkasbim professor Yoqubovni, oramizda hamkorlik ko'priklarini barpo etishning eng muvofiq uslubi qo'shma loyihalar bo’lganligini qo'llab-quvvatlayman. Bugun bizlarga taqdim etiladigan qishloq xo'jaligi texnologiyalari sohasidagi loyiha, bilim va amaliyot yetakchiligi sohasidagi hamkorligimizdagi yana bir muvaffaqiyatli qadam bo'ladi deb umid qilaman".

Uchrashuv yakunida, Agrinoze Ltd korxonasi bosh direktori, janob Omer Matityau qishloq xo'jaligi sohasidagi loyihasining taqdimotini namoish etdi.

  Suratda Xolon Texnologiya Instituti prezidenti, professor Eduard Yoqubov (chapda) va Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xalmurodov tasvirlangan.