2020 yil 14-19 dekabr kunlari Samarqand Davlat universitetida talabalar o’rtasida futbol bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o’tkazildi.

  Musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan jamoalar ishtirok etdi. Murosasiz kechgan uchrashuvlarning final bahsi Matematika hamda Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetlari o’rtasida kechdi. Raqiblaridan 3:1 hisobida qo’li baland kelgan xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabalari “Rektor kubogi” sohibi bo’ldi.

  Shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan jamoalarga esdalik sovg’alari topshirildi.