Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga.
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish...
***

  Joriy yilning 8-fevral kuni Samarqand davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti musiqa ta’lim yo‘nalishi 108-gurux talabalari tomonidan, ushbu oltin misralar egasi, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan "Adabiyot gulshani" nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

  Tadbir oxirida san’atshunoslik fakulteti dekani dotsent Isroil Xayriyev so‘zga chiqib, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan "Adabiyot gulshani" nomli konsert dasturi xaqida munosabat bildirib, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar

Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati