Alisher Navoiy va uning buyuk merosi

Buyuk mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat universiteti Filologiya fakultetida “Alisher Navoiy va uning buyuk merosi” mavzusida anjuman oʻtkazildi. Mazkur anjumanda Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasining navoiyshunos professor-oʻituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistr va talabalar ishtirok etishdi.

Anjumanda soʻzga chiqqanlar buyuk mutafakkirning Sharq adabiyoti tarixiga qoʻshgan behisob hissasi, shoir ijodini oʻrganish yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar va yangi topilmalar xususida soʻz yuritildi.

Tadbir soʻngida buyuk mutafakkir ijodidan namunalar oʻqildi.
Otabek Sagdullayev — Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi

