Kitobsiz aql – qanotsiz qush

2021 yil, 26-yanvar kuni Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti 1-bosqich 105-guruh talabalari ishtirokida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobsiz aql – qanotsiz qush” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbati davomida “Falsafa va milliy g’oya” kafedrasi o’qituvchisi Mahbuba Ergasheva talabalar bilan ularni o’zlarini qiziqtirgan, sevib mutolaa qiladigan kitoblari, yozuvchi va shoirlar, ularning asarlari, qaxramonlari to’g’risida suhbatlashdi. Tadbir so’ngida talabalar kutubxonaga kelgan yangi kitoblar bilan tanishdilar.



