“MADRASA BARPO ETGAN MALIKALAR”

O’zbekiston Respublikasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 19 martda o’tkazilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish” bo’yicha video selektor yig’ilishidagi tashabbuslari bugungi kunda yoshlar tarbiyasi uchun eng muhim masala. Ushbu tashabus ijrosi yuzasidan joriy yilning 4 mart kuni Pastdarg’om tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabida Samarqand Davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 5A811102-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi 2-kurs magistri Ibragimova Nilufar rahbarligida ochilgan “Dizayn” to’garagi faoliyati bilan tanishish maqsadida Muhandislik grafikasi kafedrasi qoshidagi Dizayn to’garagi va Pastdarg’om tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabi bilan hamkorlikda “MADRASA BARPO ETGAN MALIKALAR” nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirdan san’at maktabi o’quvchilari o’zlariga kerak bo’lgan bilimlarini olishdi.
San’atshunoslik fakulteti rahbariyati tomonidan 5A811102-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi 2-kurs magistrlari sertifikat bilan hamda Pastdarg’om tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabining tugarak ishtirokchilari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.






