9 fevral kuni Samarqand davlat universiteti va Yaponiyaning Soka universiteti hamkorligida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag’ishlangan onlayn xalqaro anjuman o’tkaziladi.

Tadbirda Samarqand va Tokiodan ulug’ shoir adabiy merosi tadqiqotchilari, targ’ibotchilari, g’azal ixlosmandlari ishtirok etadi.

O’zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi G’ayrat Fozilov va Soka universiteti rektori Yosixisa Baba Soka universitetidagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo’yadi.

Xalqaro konferensiyada Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov va Soka universiteti rektori, professor Yosixisa Babaning kirish so’zidan so’ng har ikkala tomondan navoiyshunos olimlarning ma’ruzalari tinglanadi.

Alisher Navoiyning boy merosi, unda insoniylik, xalqlar do’stligi alohida e’tirof etilgani adabiyot muxlislariga yaxshi tanish. Bugungi kunda o’zbek va yapon xalqlarining do’stona aloqalari rivojida mumtoz adabiyotimizning, xususan, Alisher Navoiy ijodiy merosining hissasi katta.

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati

Manba: uza.uz