Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha universitet pedagogik ta’lim yo‘nalishlari talabalariga seminar-treninglar o‘tkazilmoqda

Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish, pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonlari sifat darajasini umumeʼtirof etilgan xalqaro talab va standartlarga muvofiq tubdan yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-son qarori, hamda PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS xalqaro baholash dasturlari mazmun va mohiyati, Xalqaro baholash dasturlarining standartlarida qayd etilgan kompetentsiyalar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 3-6-mart kunlari Samarqand davlat universiteti pedagogika yo`nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilan o`quv-seminarlar tashki etildi. O`quv-seminarilarni shu yo`nalishda ilmiy izlanish olib borayotgan Pedagogika kafedrasining mustaqil tadqiqotchisi Kudratova Aziza Ismatillayevna olib bormoqda. Seminar-treninglar yakunida talabalarga taqdim qilingan ma`lumotlar va Internet materiallari asosida izlanishlar olib borish va “Meni maktabim” loyihasini ishlab chiqish vazifasi berildi.


