SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI JAMOASIGA G’ALABA MUBORAK

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabr «O’quvchi va talabayoshlar o’rtasida o’tkaziladigan Respublika sport musobaqalarini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 864-son qaroriga asosan talabayoshlar o’rtasida yangicha formatda o’tkazilgan «Universiada» sport musobaqalari o’z nihoyasiga yetdi. E’tiborlisi shundaki, yangi formatda o’tkazilgan «Universiada» sport musobaqalari Respublikamizning barcha hududlarida sport turlari bo’yicha navbatma-navbat tashkil etildi va o’tkazildi. Mazkur sport musobaqalarida umumjamoa hisobida quyidagi viloyat terma jamoalari g’olib va sovrindor bo’ldilar: 1-o’rin: Toshkent viloyati – 168 ball 2-o’rin: Qoraqalpog’iston Respublikasi – 147 ball 3-o’rin: Samarqand viloyati – 136 ball. Samarqand davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan Samarqand viloyati terma jamoasi faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritganliklari bilan universitet jamoasi chin yurakdan muborakbod etib, sportchilarimizga keyingi sport musobaqalarida ham yuqori natijalarga erishishlarida omadlar tilaydi.


